JIB Shayxontohur tumani sudi jamoat joyida yuzini tanib bo‘lmas darajada yopib yurgan yigitga nisbatan 15 sutka qamoq va 3,4 mln so‘m jarima belgiladi. Unga qo‘yilgan 3 ta huquqbuzarlik ayblovining bittasi ortiqcha rasmiylashtirilgan deb topildi.
Termiz shahri hokimi O‘ktam To‘rayev chiqindi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarini 15 sutkaga qamatishga uringani xabar qilindi. Hokimlik esa buni rad etib, tadbirkorga chiqindilar o‘z vaqtida yig‘ishtirib olinmagani va shaharni obodonlashtirish qoidalari buzilgani uchun jarima qo‘llanganini bildirdi.
Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchib kelayotgan samolyotda mast holda janjal ko‘targan erkakka 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shahrisabz shahrida 2 fuqaro ichki ishlar xodimlarining maxsus kiyimini kiyib, video suratga oldi. Unda YPX xodimi pora olayotgan jarayon aks etgan. Sud yigitlarga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
Toshkentda ikki nafar bloger 15 sutkaga qamaldi. Ular odamlarni kaltaklab, shilqimlik qilgan va jamoat tartibini buzuvchi videolarni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylab borgan. Blogerlardan biri avval ham 15 sutka qamoq jazosini o‘tab chiqqandi.
2 fevral kuni Nukus shahridagi markaziy dexqon bozor yonidagi savdo majmuasida ijara narxining ko‘tarilishidan norozi bo‘lgan tadbirkorlar avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygandi. 4 fevral kuni JIB Nukus shahar sudi unda qatnashgan 3 nafar fuqaroga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosini tayinladi. Qoraqalpog‘iston IIV matbuot xizmati rahbari Dauran Yelmuratov esa fuqarolarni miting va ko‘cha yurishlari qonun bilan taqiqlangani haqida ogohlantirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting